Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Romapress: Shomurodov "Hellas Verona"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda boshlaydi

A A A
Romapress: Shomurodov "Hellas Verona"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda boshlaydi

Klaudio Raneri "Hellas Verona"ga qarshi bo‘lajak uchrashuvda jamoasi tarkibiga bir necha o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirmoqda.

Eldor Shomurodov asosiy tarkibda o‘yin boshlashi mumkin, chunki o‘zbekistonlik hujumchi so‘nggi chiqishlarida o‘zini doimo tayyor holda ko‘rsatib, ijobiy taassurot qoldirmoqda.

Shomurodovga joy bo‘shatib berishi mumkin bo‘lgan Artyom Dovbik esa "Tre Fontane" stadionida 3000 ga yaqin muxlislar oldida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulotda ishtirok etmadi.

Klub, shuningdek "Corriere dello Sport" nashrining xabar berishicha, Dovbikning jismoniy holatini ehtiyotkorlik bilan nazorat qilayotganini, biroq hech qanday jarohat yo‘qligini ta’kidladi.

Ukrainalik hujumchi jamoaga chaqiriladi, ammo ehtimol zaxirada qoladi.

Kiritildi: 21:21 19.04.2025. O'qildi: 3212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!