Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada fermer xotini rahbarligidagi yerni sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Boshqa jinoyatlar ham fosh bo‘ldi

Farg‘onada fermer xotini rahbarligidagi yerni sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Boshqa jinoyatlar ham fosh bo‘ldi

DXX hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Beshariq tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari Beshariq tuman hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun turmush o‘rtog‘i rahbarligidagi dehqon xo‘jaligiga ajratilgan va tumandagi Toshariq mahallasida joylashgan 35 sotix yer maydonini 29 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Oltiariq tumanidagi Qapchug‘ay qishlog‘ida joylashgan 20 sotix bo‘sh yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 30 ming AQSh dollariga sotishni va hujjatlarni fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan mablag‘dan 15 ming AQSh dollarini olgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi.

Bog‘dod tumanida yashovchi fuqaro boshqa bir shaxs rahbarligidagi dehqon xo‘jaligiga qarashli 4,75 gektar yer maydonini mijozga 11 ming AQSh dollari evaziga sotishga kelishib, hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. DXX hamda Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu fuqaro firibgarlik yo‘li bilan 11 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX Namangan viloyati boshqarmasi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Chortoq tuman xodimlari bilan xamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chortoq tumanidagi MCHJdan biriga qarashli 8 gektar yer maydonini bog‘dorchilik uchun ajratib, tuman hokimi qarorini tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga mijozdan 7 ming AQSh dollari va 31.5 mln. so‘m olmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, o‘zini Bandixon tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari deb tanishtirib, Davlat zahirasida bo‘lgan yer maydonidan 2 gektarini 50 mln. so‘mga sotishini hamda ushbu yer hujjatlarini tuman xokimiyatida ishlovchi tanishiga 50 mln.so‘m berib xujjat qilib berishini va’da qilib, jami 100 mln.so‘m so‘raydi va ushbu pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:53 02.08.2021. O'qildi: 2879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!