Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada Damas va motosikl to‘qnashdi. 1 kishi halok bo‘ldi

A A A
Farg‘onada Damas va motosikl to‘qnashdi. 1 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 17 avgust kuni fuqaro E.X. boshqaruvidagi Damas rusumli  avtomashinasini Farg‘ona viloyati Toshloq tumanining Yakkatut MFY hududida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan A.T. boshqaruvidagi “Ij” rusumli motosikl bilan to‘qnashishi oqibatida motosikl haydovchisi A.T. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Farg‘onada Damas va motosikl to‘qnashdi. 1 kishi halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin”, - deyiladi xabarda. 

Kiritildi: 12:54 20.08.2020. O'qildi: 3494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!