3 iyun kuni fuqaro N. X. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinasini "Tojik" qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan I. D. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilishi oqibatida I. D. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqalar sog‘lig‘iga shikast yetkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati