Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan post orqali qo‘shni davlatga harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “kobalt” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona va chegara nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, avtotransport vositasining haydovchi o‘rindig‘i ostida sellofan paketda bojxona nazoratidan yashirilgan og‘zaki yoki yozma deklarasiyalanmagan hamda olib chiqish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan valyutalar borligi aniqlandi. Ko‘zdan kechirish davomida mazkur valyutalar 100 mln. so‘m hamda 20000 AQSh dollari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Olib chiqish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan 20000 AQSh dollari holatga aniqlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatma: Amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegaralari orqali ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini olib chiqishga ruxsat berilgan.