Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘ona viloyatida sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning savdoga chiqarilishining oldi olindi

Farg‘ona viloyatida sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning savdoga chiqarilishining oldi olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari bilan shug‘ullanib kelgan M.A. “A.Ikromov” va “Saodat” MFY hududidagi xonadonlarda xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 163,6 mln so‘mlik 11 turdagi jami 2 411 quti dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:44 07.11.2025. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!