Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘ona viloyatida 381,6 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Farg‘ona viloyatida 381,6 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.K., K.M., A.A., va M.SH. kelib chiqishi hamda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 381,6 mln so‘mlik jami 2 400 quti (24 ming dona flakon) “AMPISUL” nomli dori vositasini Dang‘ara tumanida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!