Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi Avazbek G‘aniyev vafot etdi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi Avazbek G‘aniyev vafot etdi

Marg‘ilon shaxar tibbiyot birlashmasi rahbari Avazbek G‘aniyev qon bosimi keskin ko‘tarilib ketishi va miyaga quyilishi tashxisi bilan vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot kotibi Muhammadjon Obidov o‘zining "Facebook"dagi sahifasida ma’lum qildi.

Muhammadjon Obidov o‘z postida marhumning yaqinlariga sabr tilab, Avazbek G‘aniyev bilan bog‘liq xotiralari haqida yozib qoldirgan.

«U otasi Madaminjon G‘aniyevga juda-juda o‘xshaydi deyishar edi. Yaqinlari, do‘stlari, hamkasblari u biron marta bo‘lsa-da ovozini ko‘tarib gapirganini eslolmaydilar. Hamisha odamlarga qo‘lidan kelganicha yordam qilgan. Barcha farzandlarini halol, mehnatsevar va bilimli qilib tarbiyalagan.

Men yetmishinchi yillarning oxirlarida Madaminjon G‘aniyev Lenin ordeni bilan mukofotlangani haqida ko‘rsatuv qilgani ularning xonadonida bo‘lgan edim. Butun umr shifoxonada jarroh bo‘lib ishlagan Madaminjon akaga Lenin ordeni berilishi mamlakat miqyosidagi voqea edi.

U inson ham o‘ta madaniyatli, xushmuomala va kasbining mohir egasi bo‘lgan. Avazbek G‘aniyev o‘shanda 10—12 yoshli bola edi. Hech esimdan chiqmaydi, katta bo‘lsangiz kim bo‘lmoqchisiz, deb so‘raganimda dadam kabi shifokor bo‘laman degan edi. Darhaqiqat shunday bo‘ldi. Bugun har bir marg‘ilonlik, farg‘onalik katta qalb egasi va iqtidorli shifokorni mehr bilan eslaydi», — deya xotirlagan Muhammadjon Obidov o‘z postida.

 

Kiritildi: 11:03 16.09.2020. O'qildi: 6312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!