Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Farg‘ona va Xorazmda iste’molga yaroqsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Farg‘ona va Xorazmda iste’molga yaroqsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirida “A.” MCHJ rahbari M.V. spirtli ichimliklar savdo do‘konida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 255 turdagi jami 2 132 dona alkogol hamda 38 turdagi 514 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch tumanida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan X.F. fuqaro T.P.ga 7 turdagi 130 quti tamaki mahsulotini 2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinacidan sotish maqsadida olib kelingan turli nomdagi 3 603 ta quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:13 22.05.2025. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!