Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

1.DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, muqaddam sudlangan 44 yoshli fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yerto‘lasida 782 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

2.Boshqa holatda esa 1975 y.t. shaxsning yashash xonadonida 758 gr “gashish” moddasi, giyohvandlik vositalari qoldiqlari bo‘lgan 6 dona pichoq va 4 dona elektron tarozi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

3.DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona – Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan "Lasetti" rusumli avtotransport vositasi Namangan tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi, 1998 y.t. shaxs boshqaruvidagi ushbu avtomashina salonidan 465 gr “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!