Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

A A A
Farg‘ona va Namangan viloyatlarida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda DXXning chegara qo‘shinlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro B.G‘. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, respublika hududiga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan umumiy bahosi 120 mln so‘mlik 10 ming quti “Mondeo” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini Farg‘ona tumanida sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.T. boshqaruvidagi “VAZ 2106” rusumli avtomashina Yangi Namangan tumani hududida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda 5 500 quti xorijda ishlab chiqarilgan “Milano” va “Oris change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:28 17.06.2025. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!