Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Farg‘ona shahrida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomashinadan giyohvandlik moddasi topildi

Farg‘ona shahrida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomashinadan giyohvandlik moddasi topildi

13 sentyabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ismoilova ko‘chasida harakatlanib kelayotgan 2005 y.t. voyaga yetmagan B.R.ni «Spark» rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, salonida kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddani saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kiritildi: 10:02 25.09.2022. O'qildi: 1420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!