Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘ona shahrida 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar o‘z uylariga ega bo‘ldi

Farg‘ona shahrida 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar o‘z uylariga ega bo‘ldi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahrida 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ajratilgan xonadonlarning kalitlarini topshirdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili viloyatimiz bo‘ylab 18 yoshga to‘lgan 29 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ko‘p kvartirali uy-joylardan kvartira taqdim etilgan bo‘lsa, bu yil 17 nafar yigit-qiz ta’mirlangan va to‘la jihozlangan uy-joylar egasiga aylanishmoqda. Ushbu maqsad uchun Prezidentimiz ko‘rsatmasi bilan respublika byudjeti mablag‘laridan 2 milliard 412 million so‘m uy-joylar sotib olishga ajratilgan bo‘lsa, ta’mirlash va jihozlash ishlari mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflandi.

Bugun Farg‘ona shahrida 6 nafar yoshlar – Erika Ribalko, Alina Kabilova, Madina Atayeva, Nozimaxon Ergasheva, Akbarxon Karimov va Umid Shermatov o‘z nomlariga rasmiylashtirilgan kvartiralar kalitlarini viloyat hokimi qo‘lidan qabul qilib oldilar. Ularning barchasi doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘ldilar.

Joriy yil yakuniga qadar viloyatimizda yana 11 nafar – Marg‘ilonda 6 nafar, O‘zbekiston tumanida 2 nafar, Furqat tumanida 2 nafar va Buvayda tumanida 1 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar uy-joy bilan ta’minlanadi.

Viloyat hokimi bilan muloqot qilgan yoshlar, Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiliklarini izhor etib, kelajakda el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlar bo‘lishga va’da berdilar.

Kiritildi: 13:27 21.11.2022. O'qildi: 1803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!