Endilikda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tamomlagan bitiruvchilar dunyoning barcha davlatlaridagi nufuzli universitetlarda magistratura, ordinatura va doktorantura ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Shu bilan bir qatorda, diplom barcha davlatlarda xalqaro tan olinadigan statusga ega bo‘ladi.
Aytish lozimki, ECAQA (Eurasian center for accreditation and quality assurance) agentligi Butunjahon Tibbiy ta’lim Federasiyasining (World Federation for Medical Education) butun dunyoda tan olingan agentliklari ro‘yhatiga kiradi va xalqaro nufuzga ega tashkilot hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan qisqa davr mobaynida salmoqli yutuqlarga erishdi. Jumladan, "Greenmetrics UI" xalqaro reytingida 2022 va 2023 yillarda TOP-1000 ta universitetlar qatorida e’tirof etildi. Shuningdek, 2023 yilda "Times Higher Education (THE) Impact ranking" reytingida TOP-1000 ta OTMlar orasida qayd etildi. Qolaversa, ushbu yil "Round university ranking" (RUR) reytingida ham TOP-1000 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida e’tirof etildi.