Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘ona da 11-sinf o‘quvchisi 3-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolani zo‘rlagani aytilmoqda

Farg‘ona da 11-sinf o‘quvchisi 3-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolani zo‘rlagani aytilmoqda

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Jahon.uz”ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra,2003 yil 13 aprel kuni Toshloq tumanida tug‘ilgan, o‘rta maktab 11-sinf o‘quvchisi M.S.I. (Barcha ma’lumotlar nashr ixtiyorida mavjud, ammo tergov siri bois ushbu ma’lumotlar ochiqlanmadi) 2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan Q.Q.ni 14 yoshga to‘lmaganligini bila turib, unga nisbatan jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiy usulda qondirish maqsadida, “poyezd vagoni”ga olib kirib, unga zo‘rlik ishlatib, egnida bo‘lgan ishtonini yechib, o‘z jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgani aytilmoqda.

Voyaga yetmagan Q.Q. voyaga yetmagan M.S.I. ni to‘xtatish maqsadida bor ovozi bilan yordam so‘rab baqirgan vaqtida voyaga yetmagan M.S.I. unga agarda ovozini o‘chirmasa “so‘yib” tashlashligini aytib, o‘ldirish bilan qo‘rqitganini ta’kidlagan.

Sudga oid tibbiy ekspertiza amalda shunday holat bo‘lganini tasdiqlagan, deydi "7news.uz".

2019 yil 26 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan M.S.I. tomonidan sodir etilgan qilmish o‘ta og‘ir jinoyatlar turkumiga kirishini, u tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish va uni dastlabki tergov hamda suddan yashirinish ehtimoli borligini hamda uni ochiqda qoldirsa jabrlanuvchiga turli tazyiq o‘tkazishini inobatga olib, unga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash borasida ajrim chiqardi.

Uy qamog‘i muddati 2019 yil 26 noyabr soat 17:00 dan boshlab hisoblanishi belgilandi hamda ayblanuvchi M.S.I .ga xat-xabarlarni, ya’ni pochta-telegraf, faks orqali jo‘natmalari, o‘zaro xat yozishmalari, shuningdek E-mail, SMS, MMS va boshqa elektron shakldagi xabarlarni qabul qilish yoki jo‘natish kabi cheklovlar qo‘yildi.

Kiritildi: 07:30 03.12.2019. O'qildi: 7247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!