BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning ta’kidlashicha, "oilalar och qolmoqda va eng zarur narsalardan mahrum etilmoqda, bularning barchasi butun dunyo ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmoqda".
BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohi oldida jurnalistlarga murojaat qilgan Guterrish Isroil xalqaro qonunchilik bo‘yicha G‘azodagi aholiga zarur yordamni yetkazib berish majburiyatiga ega ekanligini alohida ta’kidladi.
"Nihoyat, ozgina yordam yetib bordi. So‘nggi kunlarda Kerem Shalom [Karem Abu Salem] chegara punkti orqali G‘azoga kirish uchun 400 ga yaqin yuk mashinasiga ruxsat berildi. Biroq faqat 115 ta yuk mashinasidagi ta’minot olib ketildi, qamaldagi shimoliy hududlarga esa hech narsa yetib bormadi," dedi u.