Falastin prezidenti Mahmud Abbos prezidentlik va parlament saylovlarini 2027 yil 11 sentyabrda bir vaqtda o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 10 oktyabr kuni «VAFA» davlat axborot agentligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 28 noyabrga belgilangan parlament saylovlari sanasi bekor qilingan. Saylovlarni kechiktirishga Isroilning davom etayotgan hujumlari sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Avvalroq, 6 oktyabr kuni Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas Isroil armiyasi G‘arbiy sohilda Falastin ma’muriyati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlarga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari Falastin ma’muriyati xavfsizlik kuchlari tomonidan yahudiy ko‘chmanchilar va Isroil armiyasi askarlariga qarshi qurol ishlatilishi ehtimolini hisobga olmoqda.