Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Falastin xayriya tashkilotlariga yuzlab million dollar xayriya qilgan Robin Gud taxallusidagi xaker haqida bilasizmi?

Falastin xayriya tashkilotlariga yuzlab million dollar xayriya qilgan Robin Gud taxallusidagi xaker haqida bilasizmi?

Jamiyat marhum Kevin Mitnik kabi mashhur xakerlar haqida ma’lumotlarga to‘la, biroq ko‘pchilik Robin Gud deb hisoblaydigan va AQShda juda mashhur bo‘lgan jazoirlik xaker Xamza Bendelladj haqida kam odam biladi.

Hamza Afrika va Falastin xayriya tashkilotlariga yuzlab million dollar xayriya qilgan.

Biroq, bu afsonani tasdiqlovchi hech qanday dalil yo‘q. Hamzaning o‘zi xam sudda bunday ko‘rsatma bermagan, chunki bu nafaqat o‘zini, balki xayriya jamg‘armalarini ham xavf ostiga qo‘yishi mumkin edi.

Hamza Bendelladj Qo‘shma Shtatlardagi eng ko‘p qidirilayotgan kiberjinoyatchilardan biri va FQBning eng ko‘p qidirilayotgan xakerlari o‘ntaligiga kiritilgan. U 2013 yilning 7 yanvarida Bangkokda, Malayziya va Misr o‘rtasidagi tranzit reysi vaqtida aeroportda to‘xtaganida ushlangan.

2015 yil 25 iyun kuni Hamza Bendelladj o‘z aybiga iqror bo‘lgan va 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. (https://tproger.ru/articles/hamza-bendelladzh-haker-kotorogo-nazyvayut-robinom-gudom)

Kiritildi: 09:14 27.04.2024. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!