Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati G‘azodan qaytganlar uchun lagerlar qurmoqda

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati G‘azodan qaytganlar uchun lagerlar qurmoqda

Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati G‘azoning markaziy va shimoliga qaytgan qochqinlarni joylashtirish uchun lagerlar qurmoqda.

Bu haqda tashkilotning “X”dagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

“G‘azo shahri va anklavning boshqa shimoliy hududlarida vaqtinchalik turar joy lagerlari qurilmoqda. Ular urushdan jabr ko‘rgan va uylaridan ayrilganlarni joylashtirish rejalashtirilgan", - deya ta’kidlaydi nashr.

Bungacha tashkilot G‘azoda birinchi dala kasalxonasini ochgan.

Avvalroq Iordaniya qiroli Abdulla II Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha G‘azo sektorini harbiy harakatlardan so‘ng ushbu Falastin anklav aholisini ko‘chirmasdan tiklash zarurligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi.

Keyinroq Iordaniya tashqi ishlar vazirligi aniqlik kiritishicha, arab davlatlari Trampning G‘azo sektori bo‘yicha Falastin anklavini aholini ko‘chirmasdan tiklashni nazarda tutuvchi rejasiga muqobil variantni taqdim etishga tayyor.

Kiritildi: 08:47 12.02.2025. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!