Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Falastin milliy ma’muriyati rahbari Moskvaga tashrif buyuradi

Falastin milliy ma’muriyati rahbari Moskvaga tashrif buyuradi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari, Prezidentning Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili Mixail Bogdanov jurnalistlarga Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbosning Moskvaga kutilayotgan tashrifi haqida ma’lum qildi. Bogdanovning so‘zlariga ko‘ra, tashrif «yaqin kelajakda» amalga oshiriladi.

«Falastin Ozodlik Tashkiloti butun Falastin xalqining qonuniy vakili, biz o‘nlab yillar davomida bu munosabatlarni juda konstruktiv tarzda qurib kelmoqdamiz. Bu tashrif barcha yo‘nalishlarda aloqalar va hamkorlikni davom ettirish uchun juda muhim», — dedi diplomat.

«RIA Novosti» diplomatik manbasiga ko‘ra, tashrif 12-14 avgust kunlariga mo‘ljallangan, Abbos va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 13 avgustda uchrashuvi kutilmoqda.

❕ Tashrif davomida Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatish bo‘yicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:30 10.08.2024. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!