Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Falastin hukumati BAA jo‘natgan insonparvarlik yordamini olishni rad etdi

Falastin hukumati BAA jo‘natgan insonparvarlik yordamini olishni rad etdi

Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyasining insonparvarlik yordami ortilgan samolyoti Isroilga yetib keldi, ammo Falastin milliy ma’muriyati uni qabul qilishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Maan agentligi.

“Falastin ma’muriyati va G‘azoga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun  Etihad Airways aviakompaniyasining insonparvarlik yordami ortilgan samolyoti tarixda ilk bor Abu-Dabidan Isroilga kelib qo‘ndi”, – deb xabar bergandi kecha Isroil TIV.

Maan agentligining yozishicha, Falastin hukumati BAA jo‘natgan insonparvarlik yordamini olishni rad etgan.

“BAA Falastin ma’muriyati bilan kelishmagani uchun Falastin hukumati bu yukni olishdan bosh tortdi. Falastin milliy ma’muriyati hukumati ushbu yuk BAA va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi uchun “ko‘prik” bo‘lishini istamaydi”, – degan agentlik manbalari.

Manbalarning qayd etishicha, falastinliklarga mo‘ljallangan insonparvarlik yordamlari Isroil orqali emas, Falastin milliy ma’muriyati orqali muvofiqlashtirilishi lozim va “munosabatlarni yaxshilab olish uchun tirgak bo‘lmasligi” kerak.

Kiritildi: 20:00 22.05.2020. O'qildi: 2521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!