Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafo hukumat Isroilning harbiy hujumi tugaganidan so‘ng darhol G‘azoda rekonstruksiya ishlarini boshlashga tayyorligini bildirdi.
The Times of Israel nashrining yozishicha, bosh vazir, shuningdek, vayronalarni tozalash, yo‘llarni ochish va vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash asosiy ustuvor vazifalardan ekanini ta’kidlagan.
Anklavni rekonstruksiya qilish rejasi, shuningdek, mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan ishlab chiqilgan 3500 ga yaqin loyihalarni qamrab oluvchi 56 ta dastur uchun mablag‘ yig‘ishni maqsad qilgan Qohirada qayta qurish konferensiyasini o‘z ichiga oladi.