Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Falastin AQShning G‘azo bo‘yicha BMT rezolyusiyasini amalga oshirishga majburlamoqchi

A A A
Falastin AQShning G‘azo bo‘yicha BMT rezolyusiyasini amalga oshirishga majburlamoqchi

Falastin BMT Bosh Assambleyasining G‘azo sektori aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha rezolyusiyasini amalga oshirishga Qo‘shma Shtatlarni jalb qilmoqchi. Bu haqda arab davlatining jahon tashkilotidagi doimiy vakili Riyod Mansur ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Falastin BMT Xavfsizlik Kengashining barcha a’zolari bilan aloqalarni davom ettiradi.

“Biroq, amerikaliklar biz amalga oshirishga intilayotgan tashabbuslar bilan mohiyatan shug‘ullanmaydi... Biz Xavfsizlik Kengashiga va boshqa barchaga ushbu rezolyusiyani amalga oshirishlari uchun bosim o‘tkazyapmiz”, — deya Mansur so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Kiritildi: 11:04 10.11.2023. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!