Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fabrisio Romano Bellingemning "Real"ga o‘tishi borasidagi yakuniy muzokaralarni e’lon qildi

A A A
Fabrisio Romano Bellingemning "Real"ga o‘tishi borasidagi yakuniy muzokaralarni e’lon qildi

Jurnalist Fabrisio Romano o‘zining Twitterʼdagi sahifasida 19 yoshli ingliz yarim himoyachisi Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning “ Real”ga o‘tishi bo‘yicha yakuniy muzokaralar kelasi hafta Bundesliga chempionligi uchun kurash yakunlanganidan so‘ng bo‘lib o‘tishini aytdi.

Germaniya chempionati yakunlanishiga bir tur qolganida “qora-sariqlar” “Bavariya”ni ikki ochkoga ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Romano kelishuvga boshqa o‘yinchilar jalb qilinmasligini va transfer 100 million yevro va qo‘shimcha to‘lovlar bo‘lishini aytdi. Oldinroq u Bellingemning "Real" bilan shaxsiy shartnomasi shartlari 100% kelishilganini ham xabar qilgandi.

Angliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:18 26.05.2023. O'qildi: 1578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!