Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Evrouchlik" yetakchilari Tramp bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

"Evrouchlik" yetakchilari Tramp bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Ukrainadagi vaziyat yuzasidan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, o‘zaro suhbat chog‘ida yetakchilar AQSh yetakchiligidagi tinchlik tashabbusi bo‘yicha muzokaralar jarayonining hozirgi holatini muhokama qilgan. "Evrouchlik" yetakchilari Vashingtonning Ukrainada adolatli va mustahkam tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini olqishladi.

"Yaqin kunlarda tinchlik rejasi bo‘yicha jadal ishlar davom etadi", — deya qo‘shimcha qildi manba.

Makron Brittanidagi ommaviy munozarada so‘zlagan nutqida ularning suhbati taxminan 40 daqiqa davom etganini aytdi.

Kiritildi: 07:30 11.12.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!