Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Evroparlament yana Ilon Maskni so‘z erkinligi mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi

Evroparlament yana Ilon Maskni so‘z erkinligi mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi

Evroparlamentning ikki fraksiyasi Amerika texnologiya magnatini Saxarov mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi.

Saxarov nomidagi “Fikr erkinligi” mukofoti (Sakharov Prize for Freedom of Thought) - 1988 yilda Yevropa parlamenti tomonidan sovet fizigi va huquq himoyachisi Andrey Saxarov sharafiga ta’sis etilgan inson huquqlari mukofoti.

Xalqaro aloqalar qo‘mitasi yig‘ilishida Yevroparlamentning ikki fraksiyasi I.Maskni yuqorida qayd etilgan mukofotga nomzod qilib ko‘rsatdi.

Fransiya Yevropa parlamenti a’zosi Tyerri Mariani Ilon Maskni so‘z erkinligi uchun kurashning “timsoli” deb atadi.

2023 yilda "Uyg‘unlik va demokratiya" siyosiy guruhi amerikalik tadbirkorni Saxarov mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. “Uyg‘unlik va demokratiya” tadbirkorning Twitterning ichki hujjatlarini (hozirgi X tarmog‘i, Mask 2022 yilda sotib olgan) nashr etish qarorini ilgari surdi. Guruh buni so‘z erkinligi tamoyilini himoya qilish bilan barobar deb hisobladi.

Ammo o‘sha paytda I. Maskga bu mukofot berilmagan. Qolgan uchta yirik fraksiya bu mukofotga eronlik kurd ayol Maxsi Aminiy nomzodini ilgari surdi.

Saxarov mukofotiga 50 000 yevrodan iborat. Mukofot har yili so‘z erkinligi, ozchiliklar huquqlarini himoya qilish, xalqaro huquqni hurmat qilish yoki demokratiyani rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan shaxslar yoki tashkilotlarga beriladi.

Kiritildi: 21:35 27.09.2024. O'qildi: 1164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!