Evroparlament Rossiya neftini olib ketayotgan tankerlarga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llashni talab qiluvchi rezolyusiya tayyorlamoqda. Qarorda ushbu kemalarning La-Mansh bo‘g‘oziga kirishini taqiqlash taklifi kiritilgan. Bu haqda hujjat loyihasida aytilgan.
"Evropa parlamenti Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini Buyuk Britaniya bilan yaqin hamkorlikda ushbu tankerlarning La-Mansh bo‘g‘oziga kirishini taqiqlash choralarini ko‘rishga chaqiradi", — deyiladi hujjatda.
Evroparlament, shuningdek, bo‘g‘ozlarni nazorat qiluvchi boshqa davlatlarni Rossiya nefti tashuvchi kemalar harakatini cheklash choralarini ko‘rishga chaqirishni rejalashtirmoqda.
Hujjatda Yevropa Ittifoqi va hamkorlarning Rossiya neftini tashishda turli shiftlar va cheklovlar joriy etishga urinishlari muvaffaqiyasizlikka uchragani ta’kidlanadi.
Rezolyusiya noyabr oyi oxirida Strasburgdagi Yevroparlament sessiyasida ovozga qo‘yiladi.