Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Evroparlament deputati: Yevropa Ittifoqi AQSh uchun «foydali ahmoq» rolini o‘ynamoqda

Evroparlament deputati: Yevropa Ittifoqi AQSh uchun «foydali ahmoq» rolini o‘ynamoqda

Evropa Ittifoqi (EI) hozirgi tashqi siyosatida jasorat, yetakchilik va strategik qarashlarga ega emas. Bu fikrni Italiyaning «Five Star Movement» muxolifat partiyasidan Yevropa Parlamenti a’zosi Danilo Della Valle ma’lum qildi.

«Evropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlar uchun „foydali ahmoq“ vazifasini bajarishda davom etmoqda», — dedi siyosatchi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Parlamenti Gruziya, Moldova va Rossiyaga qarshi ko‘plab rezolyusiyalar qabul qiladi, ammo Italiya va Janubiy Yevropa uchun Liviya kabi muhim masalalarga kam e’tibor qaratadi.

Della Vallening so‘zlariga ko‘ra, strategik tasavvurning yo‘qligi sababli, ittifoq boshqalarning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilmoqda va o‘z chegaralaridagi asosiy tahdidlarni e’tiborsiz qoldirmoqda.


Kiritildi: 19:43 27.08.2026. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!