Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Evropaning "eng dolzarb" muammosi nima ekanligi e’lon qilindi

Evropaning "eng dolzarb" muammosi nima ekanligi e’lon qilindi

Ommaviy migrasiya Yevropaning "eng dolzarb" muammosidir.

AQSh vitse-prezidenti J.D. Vans Yevropani noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish uchun ko‘proq sa’y-harakat qilishga chaqirdi va buni qit’aning "eng dolzarb" muammosi deb atadi.


"Yo‘nalishimizni o‘zgartirib, umumiy sivilizasiyamizni yangi yo‘lga solishdan oldin, biz bu dahshatli falokatlarga yana necha marta duch kelishimiz kerak?" dedi Vans. U Yevropa saylovchilari "millionlab tekshirilmagan muhojirlar uchun darvozalarni ochib qo‘yishga" ovoz bermaganini ta’kidladi.

Shuningdek, u Yevropadagi davlatlarga o‘z mudofaasi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishni taklif qildi, toki Vashington boshqa joylardagi tahdidlarga e’tibor qarata olsin.

"Bizningcha, umumiy ittifoqda bo‘lishning muhim qismi shundaki, yevropaliklar oldinga qadam tashlashi, Amerika esa dunyoning katta xavf ostidagi hududlariga e’tibor qaratishi kerak," dedi Vans.

Kiritildi: 21:55 14.02.2025. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!