Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropaning bir qator davlatlarida suv toshqinlari kuzatilmoqda — Reuters

Evropaning bir qator davlatlarida suv toshqinlari kuzatilmoqda — Reuters

"Bir necha kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng bir qator markaziy va sharqiy Yevropa davlatlarida daryolar sathi ko‘tarildi. Ruminiyaning sharqiy qismida kuchli toshqinlar oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi", — deya xabar beradi agentlik.

Reuters'ga ko‘ra, kelgusi kunlarda mintaqaning katta qismida yanada ko‘proq yog‘ingarchilik yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli, rasmiylar Chexiya, Polsha, Slovakiya, Vengriya va Germaniya janubida hamda Avstriyaning ba’zi qismlarida aholini ogohlikka chaqirmoqda.

Qayd etilishicha, Chexiya-Polsha chegarasidagi ba’zi shaharlar rasmiylari evakuasiya ishlarini amalga oshirgan. 2002 yilgi suv toshqinida katta jabr ko‘rgan Chexiya poytaxti Pragada esa suv toshqiniga qarshi to‘siqlar o‘rnatildi.

Kiritildi: 22:23 14.09.2024. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!