Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropaga elektr energiyasi yetkazib berish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yaqinda paydo bo‘ladi

A A A
Evropaga elektr energiyasi yetkazib berish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yaqinda paydo bo‘ladi

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi.

“Shu kunlarda, yoki yaqin haftalar ichida Ozarbayjondan Yevropaga Qora dengiz tubi orqali elektr energiyasi yetkazib berish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlanadi”, dedi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev RIA Novostiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda kabel quvvati 4000 megavattni tashkil qiladi. Ushbu loyiha Ozarbayjon iqtisodiyotiga sarmoyalar jalb qilishga qodir.

Evropada energiya taqchilligini mavjud, bu esa qo‘shimcha “yashil energiya” manbai bo‘ladi, dedi Aliyev.

Noyabr oyida Bokuda bo‘lib o‘tgan Iqlim sammitida O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston prezidentlari Yashil energiyani rivojlantirish va uzatish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Kiritildi: 19:42 18.12.2024. O'qildi: 1378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!