Evropada iyun oyida kuzatilgan kuchli jazirama oqibatida 14 mingdan ortiq odam vafot etgan. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi ta’sirida ekstremal issiqlik to‘lqinlari tobora tez-tez va kuchliroq kuzatilmoqda. Ular ayniqsa keksa yoshdagilar, surunkali kasalliklarga chalinganlar hamda sog‘lig‘i zaif insonlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Ekspertlar kelgusida bunday issiqlik to‘lqinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish va aholini himoya qilish bo‘yicha choralarni kengaytirish zarurligini ta’kidlamoqda.