Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Evropada issiq harorat ortidan qor yo‘g‘di

Evropada issiq harorat ortidan qor yo‘g‘di

Markaziy Yevropa va Bolqonda 30 darajali issiq harorat ortidan qor yog‘di. Bu haqda Euronews xabar berdi.

16 apreldan beri Avstriyaning ba’zi hududlarida qor yog‘moqda, ilgari harorat 30 daraja issiqni qayd etgan. Karintiyadagi Paxattel dovoni qor bilan qoplangan. Bir nechta yo‘l-transport hodisalari ro‘y bergan, haydovchilarga sirpanishning oldini olish uchun mashinalariga maxsus shinalar o‘rnatish tavsiya qilingan.

Xorvatiyaning Zagore shahrida ham qor yog‘ib, Petrovsko, Xum-na-Sutli, Pregrada, Jurmanes, Radoboy va Yesene hududlarining bir qismini qoplagan.

Ikki kunlik issiqdan keyin Ruminiyada harorat deyarli 20 darajagacha pasaydi.

“Mamlakat shimoli-g‘arbidagi Kluj-Napoka shahriga haqiqiy qish keldi. 16 aprel kuni termometr 25 darajani ko‘rsatgan bo‘lsa, 17 aprelda allaqachon 4 daraja edi”, — deyiladi xabarda.

Klimatologlarning fikricha, bunday ob-havo kontrastlari global isish tufayli kuchaymoqda.

“Sayyoramizdagi ekotizimlar va iqlim holati qanday o‘zgarib borayotganini amalda ko‘rishingiz mumkin, siz bunga ko‘nikishingiz kerak”, — deydi ruminiyaliklardan biri.

“Yoshligimda hamma narsa boshqacha edi, kuz, qish, bahor va yoz”, — deydi yana bir mahalliy aholi.

Bosniya va Gersegovinaning tog‘li hududlari, shuningdek, mamlakat poytaxti Sarayevo ham qor bilan qoplangan. O‘z navbatida, ilgari bu yerdagi harorat deyarli 30 darajaga yetgan, bu Bolqonda bahor uchun xos harorat emas.

Kiritildi: 12:15 19.04.2024. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!