“Milliy polisiya agentlari Deltebre (Tarragona) shahrida Ruminiya hukumati tomonidan voyaga yetmagan bolalarni sotish bilan shug‘ullanishda hamda shaxsga nisbatan amalga oshirilgan ikki jinoyat bilan ayblanib qidiruvga berilgan kimsani ushlashga muvaffaq bo‘ldi”, - deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, 2009 yil Ruminiya uni Yevropaning eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritish uchun maxsus order bergan. 15 yil davomida qochoq Ispaniya shimoli-sharqidagi Deltebre shahrida boshqa nom bilan ko‘chmas mulk agenti sifatida ishlagan.
Ayni payt Ruminiya hukumatiga topshirilgan jinoyatchini 10 yillik qamoq jazosi kutyapti.