Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropada eng iliq yanvar oyi kuzatildi

A A A
Evropada eng iliq yanvar oyi kuzatildi

"Kutilmagan yuqori harorat: Yevropada yanvar kuzatuv tarixidagi uchinchi eng iliq oy bo‘ldi", – deyiladi Yevroittifoqning Yerni kuzatish bo‘yicha Copernicus dasturi tarqatgan xabarda.

Evropaning katta qismida, jumladan, Bolqonda va Sharqiy Yevropada havo harorati o‘rtachadan yuqori bo‘ldi, deya ma’lum qilgan Copernicus. Bundan tashqari, haroratning ko‘tarilishi AQSh sharqida, Kanada va Meksikada hamda Rossiya g‘arbida ham kuzatilgan.

Shunga qaramay, Sibirda harorat o‘rtachadan past bo‘lgani qayd etilgan, shuningdek, Afg‘oniston, Pokiston va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlar hamda Avstraliyada ham harorat pasaygani kuzatilgan.

Tashkilotning yozishicha, qayd etilgan mazkur harorat sayyoramizning ko‘plab hududlarida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liqdir va bu ham kelajakdagi kutilmagan holatlardan ogohlantirish hisoblanadi.

Kiritildi: 07:38 09.02.2023. O'qildi: 1659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!