Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropada Amerikaning F-35 samolyotlariga o‘rinbosar yaratiladi

Evropada Amerikaning F-35 samolyotlariga o‘rinbosar yaratiladi

NATOning Yevropadagi a’zolari AQShdan F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bilan bog‘liq xavotirlar tufayli yangi avlod qiruvchi samolyotlarini yaratish dasturlarida faol ishtirok etishni boshladilar, deb xabar bermoqda Newsweek o‘z manbalariga tayanib.

"Evropaning ko‘proq mamlakatlari keyingi avlod samolyotlarini ishlab chiqishda qatnashishni va ayniqsa, o‘zlarining mahalliy sanoati oltinchi avlod dasturlariga hissa qo‘shishini istaydilar," - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, F-35 samolyotlarini boshqa qiruvchi samolyotlarga almashtirishning asosiy sababi AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati natijasida Vashingtonga bo‘lgan ishonchning pasayishi bo‘lgan. Shu bilan birga, dasturlarning o‘zi hali boshlang‘ich bosqichda ekanligi va yangi qiruvchi samolyotlar 2030 yillarning o‘rtalaridan oldin ishlab chiqilmasligi qayd etilgan.

Kiritildi: 23:11 03.05.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!