Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa yo‘liga rasmiy start: Armaniston YEIga qo‘shilish jarayonini boshladi

Evropa yo‘liga rasmiy start: Armaniston YEIga qo‘shilish jarayonini boshladi

Armaniston prezidenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Bu haqda Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyanninn matbuot xizmati ma’lum qildi.

2025 yil yanvar oyi boshlarida Armaniston hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjatni ma’qullagan edi. Mart oyi oxirida esa ushbu qaror parlament tomonidan ham tasdiqlandi.

Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ushbu qonun qabul qilingan taqdirda ham bu mamlakatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishini anglatmasligini ta’kidlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha yakuniy qaror faqat umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi mumkin.

Kiritildi: 20:11 04.04.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!