Agentlikning manbalariga tayanib xabar berishicha, Yevropa davlatlari Kiyev bilan birgalikda Rossiya–Ukraina urushini joriy front chizig‘ida to‘xtatish rejasini ishlab chiqmoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, reja o‘t ochishni to‘xtatish, hududiy da’volardan voz kechish, deportasiya qilingan barcha bolalarni Ukrainaga qaytarish, asirlarni almashish, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, rejada Ukrainani qayta tiklash uchun mablag‘ ajratilishi va mamlakat tez fursatda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, reja Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinishini ko‘zda tutadi, biroq Rossiya Markaziy bankining urush boshlanganidan keyin muzlatilgan 300 milliard dollari faqat Moskva Ukrainani urushdan keyingi tiklash uchun mablag‘ ajratishga rozi bo‘lgachgina qaytariladi. Agar Rossiya yana Ukrainaga hujum qilsa, sanksiyalar qayta joriy etiladi. Shu bilan birga, reja bosib olingan hududlarni boshqarish bo‘yicha Moskva va Kiyev o‘rtasida muzokaralarni boshlashni nazarda tutadi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, reja tafsilotlari hali ishlab chiqilmowda va o‘zgarishi mumkin. Ularning qo‘shimcha qilishicha, rejani amalga oshirish jarayonini AQSh prezidenti Donald Tramp raisligidagi kengash nazorat qilishi mumkin.