Evropa davlatlari, agar AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishdan bosh tortsa, Kiyevga topshirish uchun Amerika qurollarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bunday qaror Yevropa Ittifoqining o‘z qurol-yarog‘ zaxiralari va ularni ko‘paytirish uchun ishlab chiqarish quvvati yetishmasligi tufayli qabul qilinishi mumkin, deb yozadi Bloomberg xabardor manbalarga tayanib.
Avvalroq AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden tomonidan tasdiqlangan Amerika yordami zahiralari 2025 yilning yozidayoq tugashi mumkin, deb xabar beradi Bloomberg. Agentlik manbalariga ko‘ra, Ukrainani yanada qurollantirish Rossiya armiyasining oldinga siljishini to‘xtatishga yordam beradi va urushni tugatish uchun Vladimir Putinga bosimni oshiradi.