Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropa Tramp tahdidlariga yakdil javob beradi

Evropa Tramp tahdidlariga yakdil javob beradi

Evropa davlatlari Trampning tahdidlariga yakdil javob berilishini ma’lum qildi. Bu haqda Duetsche Welle xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, Germaniya va Yevropaning yana yetti davlati AQSh prezidenti Donald Trampning savdo bojlar joriy etish haqidagi tahdidlariga javob yakdil va muvofiqlashtirilgan bo‘lishini bildirgan. Germaniya hukumati matbuot xizmati taqdim etgan qo‘shma bayonotda, bunday tahdidlar Transatlantik munosabatlarga putur yetkazishi va Grenlandiya atrofidagi vaziyatning xavfli darajada keskinlashuviga olib kelishi mumkinligi qayd etilgan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, NATO a’zolari sifatida ushbu davlatlar Arktikada xavfsizlikni mustahkamlashni umumiy Transatlantik vazifa deb hisoblaydi.

"Biz suverenitetimizni himoya qilamiz va Daniya Qirolligi hamda Grenlandiya xalqi bilan doim birgamiz", deyiladi hujjatda.

Avvalroq Donald Tramp Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvesiya va Buyuk Britaniyadan AQShga olib kiriladigan tovarlarga 1 fevraldan 10 foizlik tarif joriy etilishini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 iyundan boj stavkalari 25 foizgacha oshiriladi. Tramp bu choralar Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha amal qilishini ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 10:42. O'qildi: 213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!