Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Evropa shaharlari Ukrainaga elektr generatorlarini beradi

Evropa shaharlari Ukrainaga elektr generatorlarini beradi



Yevropaning eng yirik shaharlari Ukrainaga Rossiyaning vayronkor o‘qqa tutilishidan omon qolish uchun elektr generatorlari va transformatorlar sovg‘a qiladi.

Evroparlament prezidenti Roberta Metsola va Florensiya meri Dario Nardella tomonidan boshlangan «Umid generatorlari» tashabbusi mamlakatning asosiy ob’ektlari, jumladan, shifoxonalar, maktablar, suv stansiyalari, parvarish markazlari, boshpana va telefon liniyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

«Evropa parlamenti va Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan gumanitar, harbiy va moliyaviy jabhalarda ajoyib birdamlik ko‘rsatdi. Endi ular qishdan o‘tish uchun amaliy yordamga muhtoj», - dedi Metsola chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Evroparlament prezidenti Yevropaning barcha shahar, qishloq va mintaqalarini «Umid generatorlari» kampaniyasiga qo‘shilishga chaqirdi.

Kiritildi: 23:15 23.11.2022. O'qildi: 2160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!