Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Nashrning muzokaralar bilan tanish manbalariga tayanib yozishicha, bu masala Ukraina bo‘yicha ehtimoliy kelishuv doirasida ko‘rib chiqilmoqda.
Tashabbus tarafdorlari Rossiya gazini sotib olishni tiklash Yevropada energiya narxlarining pasayishiga, Moskvaning muzokaralarga qaytishiga va Rossiya hamda Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishga turtki bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Biroq hatto dastlabki muhokamalar bosqichidayoq bu g‘oya Ukrainaning Yevropa Ittifoqidagi yaqin ittifoqchilari orasida salbiy munosabatga sabab bo‘ldi. Ushbu tashabbusni Germaniya, Vengriya va Yevropa Ittifoqining yana bir necha davlati vakillari qo‘llab-quvvatlagan. Ammo Sharqiy Yevropa mamlakatlari diplomatlari va rasmiylari bunga keskin qarshilik ko‘rsatgan.
"Bu telbalik. Hatto bu masalani imkoniyat sifatida ko‘rib chiqayotganimizning o‘zi naqadar ahmoqligimizni ko‘rsatadi!" — deya munosabat bildirgan rasmiylardan biri.