Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa radioeshittirish ittifoqi Qozog‘istonning «Evrovideniye»da ishtirok etishiga ruxsat bermadi

Evropa radioeshittirish ittifoqi Qozog‘istonning «Evrovideniye»da ishtirok etishiga ruxsat bermadi

Evropa radioeshittirish ittifoqi Qozog‘istonning «Evrovideniye» qo‘shiq tanlovida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Qozog‘iston avval ham «Evrovideniye»da ishtirok etish istagini bildirgan edi. Biroq Yevropa radioeshittirish ittifoqi mamlakatning tanlovda qatnashishiga rozilik bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya, Irlandiya, Niderlandiya, Islandiya va Sloveniya Isroilning «EvrovideniYE-2026»da ishtirok etishiga qarshi norozilik sifatida tanlovni boykot qilishini e’lon qilgan.

Mazkur qaror «Evrovideniye» atrofidagi siyosiy bahslar kuchaygan bir paytda qabul qilindi. Isroilning tanlovda ishtirok etishi masalasi bir qator Yevropa davlatlarida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 17:20 11.09.2026. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!