Evropa Ittifoqi davlatlari mudofaa vazirlari Yevropa tinchlik jamg‘armasidan Ukraina uchun 6,6 milliard yevro miqdoridagi mablag‘ni blokdan chiqarishni qo‘llab-quvvatladilar.
Bu haqda Yevrodiplomatiya rahbari Kaya Kallas Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari avvalroq EPF (Evropa tinchlik jamg‘armasi) doirasida bloklab qo‘yilgan mablag‘lardan foydalanishni muhokama qilishgan.
"Vazirlar, shuningdek, EPFda bloklangan 6,6 milliard yevroni muhokama qildilar va ushbu mablag‘larni ishga solishni qat’iy qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar", — dedi Kallas.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kelgusida ushbu qarorni amalga oshirish variantlari taklif etiladi.