Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Evropa kompaniyalari yuqori gaz narxi tufayli ishlab chiqarishni AQShga ko‘chiradi

Evropa kompaniyalari yuqori gaz narxi tufayli ishlab chiqarishni AQShga ko‘chiradi

Evropa mamlakatlaridagi energetika inqirozi Amerika iqtisodiyoti uchun eng foydali hisoblanadi, chunki gaz narxining yuqoriligi Yevropa kompaniyalarini ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishga majbur qilmoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

“Amerika iqtisodi Yevropadagi energetika inqirozidan eng ko‘p foyda ko‘rganlar qatorida bo‘ldi”, — deya maqoladan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Qayd etilishicha, gaz narxi oshishi fonida po‘lat, o‘g‘it va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Yevropa kompaniyalari o‘z korxonalarini sekin-asta AQShga ko‘chirmoqda, chunki u yerda energiya narxlari barqarorligi kuzatilmoqda.

Nashrning yozishicha, Yevropa ishlab chiqarishining bir qismi AQShga o‘tkazilishi fonida AQSh hukumati sanoat ishlab chiqarishini rag‘batlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ma’qullagan.

Kiritildi: 16:07 23.09.2022. O'qildi: 1997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!