Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Evropa komissiyasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Rossiyaga qarshi neft embargosining yangi loyihasini yubordi — Bloomberg

Evropa komissiyasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Rossiyaga qarshi neft embargosining yangi loyihasini yubordi — Bloomberg

Ushbu loyihaga ko‘ra, Rossiya neftidan voz kechish uchun o‘tish davri uzaytirilgan: Bolgariya uchun muhlat 2024 yilning iyun yoki dekabriga qadar kechiktiriladi, Xorvatiya vakuumli gaz moyi importi uchun istisno qiladi.

Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, Vengriya xomashyo oladigan "Drujba" neft quvuri ham sanksiyalardan ozod qilingan.

Evropa Komissiyasi, shuningdek, Rossiya quvuri neftining boshqa a’zo davlatlar yoki uchinchi davlatlarga reeksportini cheklashni taklif qildi.

Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar neft importini 6 oydan so‘ng, neft mahsulotlari importini esa 8 oydan keyin to‘xtatadi, deya ma’lum qildi manba.

Kiritildi: 11:54 29.05.2022. O'qildi: 2844 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!