Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Toyvo Klaar Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yaqin aloqalarni sezilarli natijalar bilan boyitgan holda hissa qo‘shish tarafdori.

“Bugungi uchrashuvimiz kun tartibidan O‘zbekiston—Evropa Ittifoqi hamkorligini mustahkamlash va dolzarb global masalalar o‘rin oldi. Ishonchimiz komilki, janob elchining tajribasi va mintaqamiz bo‘yicha keng bilimi uning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi samarali bo‘lishiga xizmat qiladi”, deb yozdi vazir.

Iyul oyida Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrian bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Ma’lumot uchun, Toyvo Klaar bundan avval Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkazdagi maxsus vakili bo‘lgan.

Kiritildi: 09:30 12.09.2024. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!