Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketi kuchga kirdi.
EI kengashining tegishli rezolyusiyasi Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etildi.
"Taqiqlovchi choralar e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi", deyiladi hujjatda.
Ushbu paket Rossiya neftining "narxlari shiftini" bir barrel uchun 47,6 dollargacha kamaytirish va uni tashuvchi 105 ta tankerga cheklovlar, "Shimoliy oqim" quvuri bilan bog‘liq har qanday operasiyalarni taqiqlash, yana 22 bankni qora ro‘yxatga olish va Rossiyaning barcha sanksiyalangan moliyaviy tashkilotlari uchun Yevropa Ittifoqi bilan moliyaviy operasiyalarni to‘liq taqiqlash, shuningdek, eksport cheklovlari va qora ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.