Evropa Ittifoqida mojaro tugaganidan keyin millionlab ukrainalik qochqinlar bilan nima qilishni bilishmayapti, deb yozadi Euractiv.
"O‘t ochishni to‘xtatish bir kechada vaziyatni o‘zgartirishi mumkin va qabul qiluvchi mamlakatlar bu himoya choralarini bekor qilish, integrasiyaga intilish yoki qochqinlarni uylariga jo‘natish haqida qaror qabul qilishlari kerak bo‘ladi," - deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, 4,3 millionga yaqin ukrainalik qochqin Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoya maqomidan foydalanadi. Yo‘riqnoma vaqtinchalik bo‘lib, 2026 yil mart oyigacha uzaytirildi. U ukrainaliklarga yashash, ishlash va xizmatlardan foydalanish huquqini beradi.