Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Ukrainaga yana 500 million yevrolik yordam paketini tasdiqlashga tayyorlanmoqda

Evropa Ittifoqi Ukrainaga yana 500 million yevrolik yordam paketini tasdiqlashga tayyorlanmoqda

Dushanba kuni YEI davlatlari Ukrainaga 500 million yevro miqdoridagi harbiy yordamning yana bir qismi bo‘yicha kelishib oldi.

O‘tgan hafta Vengriya hukumati kelishuvga to‘sqinlik qilmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Biroq, uchrashuv boshlanishidan avval Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrel kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

Reuters agentligining Yevropa Ittifoqi hukumatidagi manbasiga ko‘ra, Yevropa bloki ham fevral oyida kuchga kirishi kerak bo‘lgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketi ustida ishlamoqda.

Paket tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi, biroq hozirdan ma’lumki, boshqa narsalar qatorida Rossiya Markaziy bankining Yevropada muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan Ukrainani urushdan keyin qayta tiklash uchun foydalanish masalasi muhokama qilinmoqda. 300 milliard yevro haqida gapirish mumkin.

Kiritildi: 16:15 23.01.2023. O'qildi: 1630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!